13-dekabr kuni Isroilov Alisher Abdulazizovich va Maxkamov Jasur Shoislomovichlar Chilonzor tumani hududida joylashgan dorixonaga kirgan. Shundan so‘ng sotuvchi Umarov Bositxon Karimjonovichning chalg‘ib turganligidan foydalanib, jami baxosi 1415000 so‘m bo‘lgan dori vositalarini o‘g‘irlagan. Bu haqda Toshkent shahar IIBB xabar qildi.
Toshkent shahar IIBB PPX xodimlari tomonidan o‘tkazilgan “Tozalash-Antiterror” tadbiri davomida jinoyatchilar aniqlanib ushlangan.
Holat yuzasidan JKning 166-moddasi 2-qismi “v” bandi (talonchilik, ya’ni bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib, o‘zganing mulkini ochiqdan-ochiq talon-toroj qilish) alomatlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Hozirda dastlabki tergov harakatlari davom ettirilib, ularning boshqa jinoyatlarga aloqadorliklari tekshirilmoqda.
Jabrlanuvchining anketa ma’lumotlari o‘zgartirilgan bo‘lib, familiyasi va ismining har qanday o‘xshashligi tasodifiy xarakterga ega.
Izoh (0)