1952-yilda nashr qilingan Amerika harbiylari uchun qo‘llanmadagi tavsiyalar nima ish qilishidan qat’iy nazar, harbiy xizmatchilarga ham, oddiy fuqarolarga ham mos keladi.

Foto: Shutterstock

Harbiy yo‘lboshchilarning ta’kidlashicha, askarlarning jismoniy ko‘rinishi yaxshi bo‘lsa, ular o‘z ishini ancha yaxshiroq bajaradi. Bu dushman mudofaasini yorib o‘tuvchi o‘q otuvchiga ham, muhim ma’lumotlarni yozuvchi mashinistkaga ham tegishli.

Qomatni yaxshilash yoki saqlash faqat jismoniy mashg‘ulotlar yordamida amalga oshiriladi. Tajribalardan ma’lumki, armiya safida xizmat qilishga kamdan-kam odamlar hamma sinovlarga tayyor holatda keladi. Shuning uchun jismoniy tayyorlashning puxta ishlab chiqilgan dasturi juda muhim hisoblanadi.

Bugungi kunda eski naql — “Sog‘lom tanda — sog‘ aql” juda ommabop bo‘lib ketdi. Sizning ongingiz samarali ishlashi uchun, tanangiz ham sog‘lom bo‘lishi kerak. Ko‘proq shug‘ullanganingiz sari, uzoqroq ishlash va konsentratsiyani saqlashga qodirligingizni sezasiz.

Siz ham jismoniy va ham aqliy faoliyatni yoqtirib qolasiz. Siz og‘ir mehnatdan qochmaydigan bo‘lasiz, chunki unchalik tez charchab qolmaysiz. Belingiz ingichkalashadi, ko‘kragingiz esa — kengayadi.

Ahamiyatsiz muammolarni yechish osonlashadi, katta ishlar esa bajarib bo‘lmaydigandek ko‘rinmay qoladi. Siz qat’iyatliroq bo‘lasiz va har qanday ishni bajarishga tayyor bo‘lasiz.

Faqat bir o‘zingizning kuchli bo‘lishingiz oz — jamoadagilarning hammasi bir-biriga yordam berishi va bir maqsadga intilishi kerak. Yaxshi formadagi odamlar guruhining birlashgan mehnati xoh urush maydoni, xoh ofis bo‘lsin oxir-oqibat albatta g‘alabaga olib keladi.

Foto: “Layfxaker”