Belgiyada Kataloniya sobiq yetakchisi Karles Puchdemon va mintaqa hukumatining 4 nafar sobiq vaziri ishi rasman yopildi. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar bermoqda.
Ispaniya sudi Puchdemon va uning safdoshlarini hibsga olish uchun berilgan orderni bekor qilganidan so‘ng shunday qaror qabul qilindi.
Belgiya sudi yig‘ilishi 5 daqiqa davom etgani va unda kataloniyalik siyosatchilar ishtirok etmagani bildirilmoqda.
Izoh (0)