12-dekabr kuni O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov mamlakatda o‘z diplomatik missiyasini yakunlayotgan Slovakiya elchisi Pavol Ivanni qabul qildi. Bu haqda TIV matbuot xizmati xabar bermoqda.
Suhbat chog‘ida siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, madaniy-gumanitar va boshqa sohalardagi ikki tomonlama munosabatlarning hozirgi holati va ularni rivojlantirish istiqbollari yuzasidan fikr almashildi.
Uchrashuvda elchining 2013–2017-yillar mobaynida O‘zbekistondagi samarali faoliyati natijasida ikki mamlakat o‘rtasidagi hamkorlik har tomonlama rivojlanganligi va mustahkamlanganligi qayd etildi.
Elchi, o‘z navbatida, O‘zbekistondagi missiyasi uchun yaratilgan qulay sharoit va qo‘llov uchun minnatdorchilik bildirdi.