Venesuela prezidenti Nikolas Maduro mamlakatning to‘rtta yirik muxolifatchi partiyasiga bo‘lg‘usi prezidentlik saylovlarida ishtirok etishga ruxsat berilmasligini ma’lum qildi. Bu haqda Latin American Herald Tribune xabar bermoqda, deb yozadi “Gazeta.ru”.
Maduro muxolifatni munitsipal saylovlarda past ko‘rsatkich bilan qatnashishda aybladi, madomiki partiyalar ularni boykot qilishga chaqirgan edi.
“Bugun ishtirok etmagan va boykotga chaqirgan har qanday partiya saylovlarda yana qatnasha olmaydi. Ular siyosiy xaritadan yo‘qoladi”, — dedi u.
Davlat rahbari ovoz berishdan bosh tortganlarni hech qanday oqlab bo‘lmasligini qo‘shimcha qildi.
Izoh (0)