Yaqin Sharqda IShID tarkibida jang qilayotgan 6 ming jangari Afrikaga qaytishi mumkin. Bu haqda Afrika ittifoqi tinchlik va xavfsizlik masalalari bo‘yicha komissari Ismoil Shergi Jazoirning Oran shahrida bo‘lib o‘tgan terrorchilikka qarshi kurashga bag‘ishlangan forumdagi chiqishida ma’lum qildi, deya xabar beradi “TASS”.
“Hisobotlarda IShIDga Yaqin Sharqda qo‘shilgan 30 ming chet ellik safida 6 ming afrikalik borligi bildiriladi. Ularning Afrikaga qaytishi xavfsizlik va barqarorlik uchun jiddiy xavf tug‘diradi. Bu esa alohida yondashuv va Afrika davlatlari o‘rtasida tig‘iz hamkorlikni talab etadi”, — dedi komissar.
U qit’a davlatlarini IShIDning Suriya va Iroqdagi mag‘lubiyatlaridan so‘ng mamlakatlariga qaytayotgan jangarilar haqida ma’lumot almashishga chaqirdi.
IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.
Izoh (0)