Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyaxu Yevropa Ittifoqiga tashrifi doirasida tashkilot davlatlarini AQSh prezidenti Donald Trampni Quddus masalasida qo‘llab-quvvatlashga chaqirdi. Bu haqda, Reuters’ga asoslanib, “Gazeta.ru” xabar bermoqda.
Muqaddam AQSh prezidenti Quddusni rasman Isroil poytaxti deb tan olishini ma’lum qilgan, bu ko‘plab musulmon davlatlarining e’tirozlariga sabab bo‘lgan edi.
Bryusselda o‘tkazilgan uchrashuvlarda Netanyaxu Trampning qarori Yaqin Sharqda tinchlik o‘rnatilishiga xizmat qilishini ta’kidlab o‘tdi.
Shuningdek, u falastinliklarni Isroilni hamda uning poytaxti Quddus ekanligini tan olishga chaqirdi.
Izoh (0)