Bugun — 9-dekabr kuni klublar o‘rtasidagi Jahon Chempionatining chorak final bellashuvlari bo‘lib o‘tadi.
Birinchi juftlikda CONCACAF va Afrika yetakchilari o‘zaro hisob-kitob qiladi. Bellashuvni Ravshan Ermatov yetakchiligidagi o‘zbekistonlik hakamlar brigadasi boshqarib boradi.
Ravshan Ermatov CONCACAF va Afrika chempionlari o‘rtasidagi bellashuvni boshqaradigan bo‘ldi
Mazkur turnir translyatsiyasi huquqini xarid qilgan UzReport telekanali 18:00 da start oladigan bellashuvni jonli namoyish etishni rejalashtirgan. Telekanal avvalroq nimchorak finaldan o‘rin olgan “Al-Jazira” — “Oklend Siti” o‘yinini ko‘rsatgandi.Toshkent vaqti bilan 21:30 da maydonda BAA hamda Osiyo Chempionlar Ligasi g‘olibi hisoblangan Yaponiya klubi chiqib keladi. Ularning o‘yini davom etayotgan bir vaqtda, mazkur turnir g‘olibligi uchun asosiy da’vogar bo‘lgan “Real” La Liganing 15-turi doirasida “Sevilya” bilan bahs olib borayotgan bo‘ladi. UzReport telekanalida mana shu uchrashuv to‘g‘ridan-to‘g‘ri ko‘rsatiladi.
La Liga. Bugun Madridning “Real” klubi o‘zi bilan ochkosi teng bo‘lgan “Sevilya”ga qarshi saf tortadi
Sardor Rashidov jamoasining “Oklend Siti”ga qarshi birinchi o‘yinida maydonga tushirilmagandi. U va jamoadoshlari yarim finalda Madridning “Real” klubi bilan to‘qnash kelishni istasa, bugun OChL g‘olibi taslim etilishi shart.Jahon Chempionati Chorak final o‘yinlari 9-dekabr, shanba
“Pachuka” (Meksika) — “Vidad Kasablanka” (Marokash) 18:00 UzReport“Al-Jazira” (BAA) — “Urava Red” (Yaponiya) 21:30
Izoh (0)