O‘zbekistonlik referi Ravshan Ermatovga klublar o‘rtasidagi Jahon Chempionatining chorak finalidan joy olgan o‘yin berildi, deb yozdi O‘FF matbuot xizmati.
Ermatov boshqaruvidagi hakamlar brigadasi CONCACAF chempioni sifatida Amirliklarga yetib kelgan “Pachuka” hamda Afrika qit’asida yetakchi bo‘lgan “Vidad Kasablanka” o‘yinida ishlaydi. Meksika va Marokash jamoalari o‘rtasidagi o‘yinda Ermatovga qanotlarda Abduhamidullo Rasulov hamda Jahongir Saidov yordam beradi.
Klublar o‘rtasidagi Jahon Chempionati Sardor Rashidov to‘p suradigan “Al-Jazira”ning “Oklend Siti” ustidan qozongan g‘alabasi bilan start olgandi. Chorak finalda “Al-Jazira” Osiyo Chempionlar Ligasining amaldagi g‘olibi hisoblangan Yaponiyaning “Urava Red” klubiga qarshi maydonga tushadi.
Izoh (0)