O‘zbekistonning 14 ta futbol klubi OFK litsenziya talablarini bajara olgan. Bu haqda futbol mutaxassisi Alisher Nikimbayev Twitter sahifasi orqali ma’lumot berdi.
OFK seminarida O‘zbekistonning 14 ta klubi litsenziyadan o‘tgani aytildi. Endi Oliy Liganing qaysi klubi litsenziya ololmaganini aniqlash qoldi.Avvalroq O‘FF litsenziyalashdan o‘ta olmagan klublarga Oliy Ligada joy yo‘qligi haqida aytib o‘tgandi. Qolaversa, tashkilot kelasi yildan boshlab O‘zbekiston Oliy Ligasida 12 ta klub to‘p surishi borasida qaror ham chiqarib qo‘ygan.Alisher Nikimbayev, mutaxassis
Oliy Ligada mavsum yakuniga yetmay turib, Toshkentning “Obod” klubi musobaqadan chetlashtirilgandi. Avvalroq FIFA G‘uzorning “Sho‘rtan” klubini elitadan chetlashtirishni so‘rab, O‘FFga maktub yozgandi. Bunda “Obod”ning Oliy Ligada o‘ynamasligi 100 foiz aniq bo‘lib ulgurgan. Qolgan 15 ta klubdan qay biri litsenziyalashni muvaffaqiyatli yakunlay olmagani ma’lum emas.
Birinchi Liga yakunlariga ko‘ra, “Sementchi” futbol klubi Oliy Ligaga qadam qo‘ygandi. Mazkur jamoa vakillari ham litsenziyalashda ishtirok etganmi yoki yo‘q — aniq emas. Endi futbol jamoatchiligi bu borada O‘FF va PFL bayonotini kutadi.
Izoh (0)