Aralash qoidalar jangchisi Mahmud Murodov Yevropadagi so‘nggi jangini o‘tkazdi, endi u faoliyatini AQShda davom ettiradi, deb yozdi “Olamsport”.
Asian Fight Mahmud Murodovga bir tiyin ham bermadi. Jangchi esa aytgan va’dasining ustidan chiqdi
O‘zbekistonlik sportchi Chexiyada mahalliy jangchi Tomas Tentsga qarshi oktakonga chiqqan. O2 arenasida o‘tgan jangni Murodov muddatidan avval g‘alaba bilan yakunlashga muvaffaq bo‘lgan. XFN chempionlik kamari uchun kechgan jangda Mahmud parter holatidan ketma-ket kuchli zarbalar berishni boshlagan. Natijada referi jangni to‘xtatishdan o‘zga chora topa olmagan.Bugungi g‘alabamni Prezidentimiz Shavkat Miromonovichga, qolaversa, Konstitutsiya kunimizga bag‘ishlayman. Hammamizga bayram muborak bo‘lsin!Avvalroq Mahmud Murodov AQShda — afsonaviy Floyd Meyvezerga qarashli zalda mashg‘ulot olib borayotgani aytilgandi. Bundan maqsad Bellator bilan shartnoma tuzishdir.Shuningdek, ustozlarim, jamoadoshlarim va Chexiyadagi do‘stlarimga minnatdorchilik bildiraman. Hammasi uchun rahmat!
Izoh (0)