Qozog‘istonning Air Astana aviakompaniyasi O‘zbekistonga marshrutlar sonini ko‘paytiradi, deb xabar beradi “Kommersant.uz”.

Foto: “Kommersant.uz”

“Olmaota — Toshkent”, “Ostona —Toshkent” kabi hozirda mavjud bo‘lgan marshrutlardan tashqari “Samarqand — Olmaota”, “Buxoro — Olmaota”, “Buxoro — Ostona” kabi yangi marshrutlar yo‘lga qo‘yiladi.

Shuningdek, Farg‘ona vodiysi bo‘ylab marshrut yo‘lga qo‘yilishi ham rejalashtirilmoqda.

“Bu Namangan, Andijon yoki Farg‘ona bo‘lishi mumkin. Biz infratuzilma, aeroport va servis rivojlanishi darajasiga qarab bir shaharni tanlaymiz”, — deydi kompaniya vakili Yevgeniy Krutov.