O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining yigirma besh yilligi munosabati bilan 7-dekabr kuni Mustaqillik va ezgulik monumenti poyiga tantanali ravishda gul qo‘yish marosimi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.

Foto: O‘zA

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati va Qonunchilik palatasi va keng jamoatchilik vakillari nomidan harbiy orkestr sadolari ostida Mustaqillik va ezgulik monumenti poyiga gulchambarlar qo‘yildi.

O‘zbek xalqi uchun qadrli va ulug‘ bayramlarda Mustaqillik va ezgulik monumenti poyiga tantanali gul qo‘yish marosimi an’anaga aylangan.

Konstitutsiyaning 25 yillik tantanalari O‘zbekiston bo‘ylab keng nishonlanmoqda.