Chempionlar Ligasining o‘tgan mavsumida yarim finaliga qadar yetib borgan va yangi mavsumga Fransiya chempioni sifatida qo‘shilgan “Monako”, endi guruhdan ham chiqa olmadi.

Foto: Getty Images

Bunga qadar ham ishlari pachava bo‘lgan fransiyaliklar, biryo‘la guruh bosqichini g‘alabasiz yakunlab qo‘ya qoldi. Bu borada “Monako”ning natijasi “Borussiya Dortmund”nikiga o‘xshash bo‘ldi. So‘nggi turni Portugaliyada o‘tkazgan Jardim jamoasi yirik — 2:5 hisobida yengildi.

Turkiya chempioni “Beshiktosh” esa guruh bosqichini ajoyib tarzda o‘tkazdi va birorta ham o‘yinda mag‘lub bo‘lmadi. So‘nggi turda turklar Germaniya vitse-chempioni hisoblangan “Leyptsig” maydonida ham zafar quchdi.

Yevropa Chempionlar Ligasi

“G” guruhi. 6-tur o‘yinlari

6-dekabr, chorshanba

“Portu” — “Monako” 5:2

Gollar: Vensan Abubakar, 9 (1:0). Vensan Abubakar, 33 (2:0). Yasin Braimi, 45 (3:0). Kamil Glik, 61-pen (3:1). Aleks Telles, 66 (4:1). Radamel Falkao, 78 (4:2). Fransisko Soares, 88 (5:2).

Chetlatishlar: Felipe, 38 (P) — Rashid Gezzal, 38 (M).

“Leyptsig” — “Beshiktosh” 1:2

Gollar: Alvaro Negredo, 10-pen (0:1). Nabi Keyta, 87 (1:1). Taliska, 90 (1:2).

Chetlatish: Shtefan Ilzanker, 82 (L).

Foto: FotMob