O‘zbekistonlik grossmeyster Anton Filippov mamlakat terma jamoasini tark etganini ma’lum qildi. Bu haqda shaxmatchi o‘zining Facebook sahifasida post yozib qoldirdi.
Quyida uning posti o‘zbek tiliga tarjima qilib, joylashtirildi.
Men O‘zbekiston terma jamoasi safidan chiqdim. Bunday qarorga kelish oson bo‘lmadi, chunki terma bilan meni ko‘p narsa bog‘lab turardi: orzular, istaklar va umidlar... Bularga e’tibor bermaslik kerakligiga o‘zimni ishontira olmadim.31 yoshli Anton Filippov xalqaro sport ustasi hisoblanadi. U 12, 14 va 16 yoshlilar o‘rtasida o‘tkazilgan Osiyo Chempionatlarining g‘olibi hisoblanadi. O‘zbekiston termasi safida 2004—2012-yillar davomida 4 ta Olimpiadada ishtirok etgan. 2005 va 2007-yillarda esa O‘zbekiston chempionligini qo‘lga kiritgan.2012-yil karyeramning yuqori cho‘qqisi bo‘ldi. Men reytingda eng kuchli 100 ta shaxmatchi qatoridan joy oldim va shaxmat Olimpiadasida O‘zbekiston termasi uchun kumush medal olib berdim. Ammo rasmiy insonlardan hech kim meni tabriklamadi, muvaffaqiyatim haqida hech kim yozmadi.
Keyinroq O‘zbekiston shaxmat federatsiyasiga xat yozib, hech qanday moddiy qo‘llab-quvvatlashsiz professional karyeramni davom ettirishdan ma’ni ko‘rmayotganligim haqida aytdim. Meni qo‘mitaga chaqirishdi, unda terma jamoaning har bir ishtirokchisi uchun xalqaro turnirlarga aviachiptalar berilishi aytildi. Ko‘p o‘tmay, men hududiy turnirda zafar quchdim va Jahon Kubogida ishtirok etdim. Keyinroq Olmaota va Barselonadagi turnirlarda qatnashdim. Menga eng arzon chipta olib berishdi, qolgan masalalar keyin hal etilishi borasida va’da berishdi.
Shundan keyin men turnirlarda ishtirok etishdan to‘xtadim va bor e’tiborimni murabbiylik faoliyatiga qarata boshladim. O‘tgan yil Bokudagi Olimpiadada muvaffaqiyatli dona surdim. Shu yilning may oyida esa Agzamov xotirasiga bag‘ishlangan turnirda ishtirok etish imkoniyati tug‘ildi. Men grossmeysterlar uchun odatiy bo‘lgan sharoitni so‘radim. O‘zbekiston shaxmat federatsiyasi esa meni turnirda ko‘rishdan xursand bo‘lishi haqida yozib, musobaqa davomida yashashim va ovqatlanishim uchun sharoit yaratib berishlarini, ammo byudjetdan o‘zbekistonlik ishtirokchilar uchun aviachiptalar olish masalasi o‘rin olmaganini bildirdi. Ya’ni, xorijiy grossmeysterlar uchun yaratilayotgan sharoit, mahalliy sportchilarga yo‘q edi. Shu sababli men unga e’tibor bermaslikka qaror qildim.
Endi esa meni stipendiyadan mosuvo qilishdi. Aniq summasini bilmayman, ammo aytishim mumkinki, o‘sha stipendiyaning 3—4 yilligini men Turkiya yoki Xorvatiya ligalaridagi birgina ishtirokimdan olaman. Yoki stipendiya “Shaxmat dunyosi” maktabining 1 kunlik ijara pulini qoplashigina mumkin. Biroq u mening iste’dodim va mehnatlarim uchun rasman minnatdorchilik belgisi edi.
Yuqorida qoralaganlarim, umid qilamanki, o‘zbekistonlik shaxmatchilarga bo‘lgan munosabatni birmuncha o‘zgartiradi. Termadagi jamoadoshlarim va menga ko‘mak bergan insonlarga cheksiz hurmat bilan
Anton Filippov, grossmeyster
Izoh (0)