Nvidia kompaniyasi sun’iy intellekt asosida ishlovchi algoritm yaratdi. U tasvirga olingan videolarni tahrir qilishga imkon beradi. Algoritm ob-havo sharoitlari va landshaftni o‘zgartirgan holda roliklar tayyorlay oladi. Bu haqda TJournal xabar berdi.

Ishlanma avtomobillarning videoregistratorlarida olingan tasvirlarda sinab ko‘rildi. Algoritm kunni tunga, qishni yozga aylantirdi, shuningdek, daraxtlarga barglar qo‘shdi.

Kompaniya ishlanmani mushuklarning suratlarida ham sinab ko‘rdi va ularni leopardlarga aylantirdi. O‘zgartirish teskari yo‘nalishda ham ishladi.