AQShning Nevada shtatida joylashgan geyzer manzarasi shunchalik noodatiyki, hatto dunyo ko‘rgan sayyohlarda ham hayrat uyg‘ota oladi, deb yozadi Travel Ask.

Foto: Travel Ask

Flay geyzeri shakllanishining boshlang‘ich bosqichida uning paydo bo‘lishiga odamlar aloqador bo‘lgan. 1916-yilda quduq kovlash vaqtida ishchilar yer osti geotermal suvlar plastiga tegib ketgan. 1960-yillarga kelibgina, qaynab turgan mineral suv yuzaga chiqadi va noodatiy landshaftni hosil qiladi.

Foto: Travel Ask

Foto: Travel Ask

Qaynayotgan suvda erigan tuzlar (asosan kalsiy karbonati) yuzaga chiqib, turli g‘aroyib shakllarni hosil qilgan holda qotib qoladi. Uchta konussimon shakllar shu tariqa paydo bo‘lgan, ularning uchlaridan doimiy ravishda qaynoq suv favvorasi va bug‘ otilib chiqadi. Ushbu haykalga juda mayda tirik organizmlar o‘ziga xos rang beradi.

Foto: Travel Ask

Foto: Travel Ask

Ilmiy nuqtai nazardan Flay geyzeri aslida geyzer emas. Gap shundaki, vaqti-vaqti bilan qaynoq suv va bug‘ chiqarib turadigan issiq buloqlar geyzerlar deb ataladi. Ammo Flay buni vaqti-vaqti bilan emas, doimiy tarzda amalga oshiradi, shu tufayli uni geotermal buloqlarga kiritish mumkin.