Hindiston Akash zenit raketasi yangi modifikatsiyasini muvaffaqiyatli sinovdan o‘tkazdi. U o‘z-o‘zidan to‘g‘rilanish eng yangi tizimi bilan jihozlangan. Bu haqda 6-dekabr, chorshanba kuni NDTV telekanali ma’lum qildi, deb yozadi “TASS”.
Sinovlar 5-dekabr kuni mamlakat sharqidagi Odisha shtatida bo‘lib o‘tdi.
“Bu muvaffaqiyatli sinov Hindiston ‘yer-havo’ raketalarining istalgan tipini yaratish imkoniyatiga erishganligini tasdiqlaydi”, — deyiladi Mudofaa vazirligi manbasi xabarida.
OAVlarining ma’lum qilishicha, sinov davomida raketa “Banshi” uchuvchisiz boshqariladigan nishonga borib yetgan.
Hindiston Akash zenit raketa kompeksi 18 kilometrgacha balandlik va 30 kilometrgacha masofadagi havo nishonlarini yo‘q qilish uchun ishlab chiqilgan.
Izoh (0)