AQSh prezidenti Donald Tramp Vashington Quddusni Isroil poytaxti deb tan olishi haqida rasman e’lon qiladi, deb yozadi “Gazeta.ru” Oq uydagi manbaga tayanib.
“Prezident 6-dekabr kuni AQSh Quddusni Isroil poytaxti deb tan olishini e’lon qiladi”, — dedi u.
Ma’muriyat vakili aytishicha, “bu ham tarixiy, ham zamonaviy haqiqatning tan olinishi hisoblanadi”.
“Bu haqda e’lon qilish AQShning chegaralar masalasidagi siyosatini o‘zgartirmaydi”, — dedi mansabdor.
Shuningdek, u Tramp davlat departamentiga elchixonani Tel-Avivdan Quddusga ko‘chirish bo‘yicha ishlarni boshlash haqida buyruq berishini aytdi.
Tramp Quddus haqidagi bayonotni Toshkent vaqti bilan 6-dekabr kuni 23:00 da berishi kutilmoqda.
Izoh (0)