XV asrda shifokorlar Skandinaviya qirollaridan biriga zanjabil iste’mol qilishni tavsiya etgan: bu uni g‘am-g‘ussadan davolashi kerak bo‘lgan. Bergenda yilning eng qorong‘u oyida baxt va bayramona kayfiyat ramzi sifatida zanjabilli pryaniklar shahri paydo bo‘ladi, deb xabar berdi National Geographic.

Foto: National Geographic

Birinchi zanjabilli pryanik Yevropaga qadimiy Nikopol shahridan 992-yilda arman rohibi Grigoriy tomonidan olib kelingan, Skandinaviyada esa shirinlik XIII asrda paydo bo‘lgan. Uni birinchi bor Vadstena shved abbatligining rohibalari yeb ko‘rib, pryanik nafaqat shirin, balki ovqat hazm qilishdagi muammolarni yechishda yordam berishini aniqlangan. Oradan ikki asr o‘tgach Daniya, Norvegiya va Shvetsiyani boshqargan qirol Ioganning qorni og‘riganida shifokorlar unga zanjabilli pryanik yeyishni tavsiya qilgan. XVII asrdan boshlab pryanik butun Yevropa bo‘ylab keng sotila boshlangan, shuningdek, tibbiyot vositasi sifatida ishlatilgan: uni dorixona va ibodatxona do‘konlaridan sotib olish mumkin edi.

Foto: National Geographic

Foto: National Geographic

Norvegiyada pryaniklar Pepperkaker deb ataladi va juda yupqa xamirdan tayyorlanadi. 1991-yildan buyon Bergenning asosiy maydoni — Torgallmenningen’da noyabr oyining o‘rtasidan 31-dekabrga qadar Pepperkakebyen pryaniklar shahri qad rostlaydi.

O‘zining ulkan o‘lchamiga qaramay, u dunyodagi eng yirik “pryanik shahar” hisoblanmaydi: ushbu unvon Nyu-Yorkdagi GingerBread Lane’ga nasib qilgan.

Pepperkakebyen rekord uchun kurashda to‘g‘ri kelmaydigan mezonlar sababli chiqib ketgan: Ginnesning mutaxassislari qurilgan kompleksni “butunlay yeb bo‘lsagina” inobatga oladi. Natijada 1020 ta pryanik uychalarga ega GingerBread Lane norveglarning 2000 dan ortiq binolari joylashgan “shahrini” ortda qoldirgan.

Foto: National Geographic

Foto: National Geographic

Foto: National Geographic

Foto: National Geographic

Foto: National Geographic