Twitter’ning AQSh segmentida eng katta shuhratga erishgan va ko‘p tilga olingan film hamda seriallar reytingi tuzildi. Bu haqda “Gazeta.ru” xabar bermoqda.

Foto: Shutterstock

Aniqlanishicha, amerikalik mikroblogerlar asosan “Mo‘jizakor ayol” filmi va “Taxtlar o‘yini” serialini tilga olgan.

Filmlar top-10 ligiga, shuningdek, “La-La Lend”, “Dyunkerk”, “O‘rgimchak odam: Uyga qaytish”, “Adolat ligasi”, “U”, “Sohibjamol va mahluq”, “Tor: Ragnaryok”, “Qora pantera” kabilar kirdi.

Seriallar o‘ntaligidan “O‘ta g‘alati ishlar”, “Katta aka”, “Negaligiga 13 sabab”, Saturday Night Live, “Yuruvchi o‘liklar”, “Ehtiros anatomiyasi”, “Ovoz”, “G‘ayritabiiy”, “Go‘zal aldoqchilar” o‘rin oldi.