Time jurnali “Yil odami” nominatsiyasiga nomzodlik qilayotgan siyosatchi va biznesmenlar ro‘yxatini e’lon qildi. Unga AQSh prezidenti Donald Tramp va KXDR rahbari Kim Chen In kirdi, deb xabar beradi “Gazeta.ru”.
Oldinroq Tramp jurnalning ushbu nominatsiyasini qayta yutishdan voz kechganini aytgan edi. Uning so‘zlariga qaraganda, jurnal vakillari unga qo‘ng‘iroq qilgan, ammo nashr rahbariyati bu axborotni rad etdi.
Ro‘yxatda nomi keltirilgan o‘n nomzod ichida, yuqoridagilardan tashqari, XXR raisi Si Szinpin, Amazon rahbari Jeff Bezos Rossiyaning AQShdagi prezident sayloviga aralashuvi bo‘yicha maxsus prokuror Robert Myuller bor.
Izoh (0)