Yaman poytaxti Sanoda isyonchi xusiylar va sobiq prezident Ali Abdulla Solih tarafdorlari o‘rtasidagi to‘qnashuvlar oqibatida 200 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda “MK.ru” xabar bermoqda.
Muqaddam sobiq prezident tarafdorlari poytaxtning 75 foizini egallagani ma’lum qilingan edi.
Aytilishicha, ularning to‘qnashuvlarida yirik kalibrli pulemyotlar, minomyotlar va granatomyotlardan ishga solindi. Janglar shaharning ko‘pgina qismlarida hozirgacha davom etmoqda.
Izoh (0)