O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 159 va 244²-moddalarida ko‘rsatib o‘tilgan og‘ir va o‘ta og‘ir jinoyatlarni sodir etganligi uchun fuqaro 1986-yilda Toshkent shahrida tug‘ilgan Toxtaxodjayeva Guzal Avazovna Uchtepa tuman IIB tomonidan qidirilmoqda. Bu haqda Toshkent shahar ichki ishlar bosh boshqarmasi rasmiy saytida xabar berildi.

Foto: “Guvd.uz”

Belgilari: Bo‘yi 165—167 sm, o‘rta gavdali, ko‘zi yumaloq jigarrang, qoshi to‘g‘ri, oq-sariqdan kelgan, yuzi cho‘zinchoq shaklda.

Foto: “Guvd.uz”

G.A.Toxtaxodjayevani ko‘rganlar yoki uning qayerda ekanligini bilganlar “102”, 281-93-02, 281-92-80, 283-94-45, 284-93-23 telefon raqamlariga yoki yaqin atrofdagi ichki ishlar organlariga xabar berishi so‘raldi.

Foto: “Guvd.uz”

Ma’lumot uchun: O‘zbekiston jinoyat kodeksining 159-moddasi “O‘zbekiston Respublikasining konstitutsiyaviy tuzumiga tajovuz qilish” deb nomlanib, u O‘zbekiston Respublikasining amaldagi davlat tuzumini Konstitutsiyaga xilof tarzda o‘zgartirishga, hokimiyatni bosib olishga yoxud qonuniy ravishda saylab qo‘yilgan yoki tayinlangan hokimiyat vakillarini hokimiyatdan chetlatishga yoxud O‘zbekiston Respublikasi hududiy yaxlitligini Konstitutsiyaga xilof tarzda buzishga ochiqdan-ochiq da’vat qilish, shuningdek, bunday mazmundagi materiallarni tarqatish maqsadida tayyorlash, saqlash yoki tarqatish;

Hokimiyat konstitutsiyaviy organlarining qonuniy faoliyatiga to‘sqinlik qilish yoki ularni Konstitutsiyada nazarda tutilmagan parallel hokimiyat tuzilmalari bilan almashtirishga qaratilgan zo‘ravonlik harakatlari, shuningdek, davlat hokimiyati vakolatli organlarining O‘zbekiston Konstitutsiyasida nazarda tutilmagan tartibda tuzilgan hokimiyat tuzilmalarini tarqatib yuborish to‘g‘risidagi qarorlarini belgilangan muddatda bajarmaslik;

Hokimiyatni bosib olish yoki O‘zbekiston Respublikasi konstitutsiyaviy tuzumini ag‘darib tashlash maqsadida fitna uyushtirish qismlarini o‘z ichiga oladi.

244²-modda esa diniy ekstremistik, separatistik, fundamentalistik yoki boshqa taqiqlangan tashkilotlar tuzish, ularga rahbarlik qilish, ularda ishtirok etishni ko‘zda tutadi.