Fransiyalik rejissor Alen Jessyua Evre shahridagi shifoxonada hayotdan ko‘z yumdi. Bu haqda Fransiyaning Le Figaro gazetasi ma’lum qildi.

Foto: “Citizenpoulpe.com”

Kinematografist 85 yoshda edi. O‘limi oldidan u bir oy davomida ikki tomonlama pnevmoniyadan aziyat chekib, intensiv terapiya bo‘limida davolangan edi.

Jessyua 1932-yili Parijda tug‘ilgan. U taniqli aktyor Alen Delon ishtirokidagi “Shok bilan davolash” va “Armageddon”, shuningdek, Jerar Depardye bosh rolni ijro etgan “Itlar” filmining muallifi hisoblanadi.

Oxirgi filmini rejissor 1997-yili olgan edi.