Xitoyning Alibaba kompaniyasi uch yil ichida birinchi marta beshta transhli obligatsiyalar bilan korporativ qarz bozoriga chiqadi. Ular ichida eng “uzuni” kompaniya tomonidan avval chiqarilmagan qirq yillik qarzlar hisoblanadi. Bundan tashqari, Alibaba investorlarga 5,5 yillik, 10 yillik, 20 yillik va 30 yillik obligatsiyalarni taklif qiladi. Bu haqda “Vedomosti” xabar berdi.
Bu kompaniyaning korporativ qarzlar bozoriga ikkinchi chiqishi hisoblanadi. 2014-yilda kompaniya sakkiz milliard dollarlik qimmatli qog‘ozlarni bozorga chiqargan edi. Kutilayotgan chiqishning miqdori besh milliarddan yetti milliard dollargacha bo‘lishi mumkin.
Alibaba Xitoydagi eng yirik elektron savdo platformalariga egalik qiladi. Kompaniya bu platformalarda sotuvchi va xaridorlar uchun turli xizmatlar taklif qiladi. XXRdagi elektron savdo aylanmasining 80 foizi Alibaba’ning ulushiga to‘g‘ri keladi.
Izoh (0)