2017-yilning 4-dekabr kuni Afg‘oniston prezidenti Ashraf G‘ani O‘zbekistonga birinchi rasmiy tashrifini amalga oshiradi. Bu haqda “Novosti Uzbekistana” nashri xabar berdi.
Afg‘oniston yetakchisi Toshkentga kelishni rejalashtirayotganini shu yilning sentabr oyida O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov bayonot bergan edi. Ammo o‘shanda u Ashraf G‘ani tashrifining aniq sanasini ma’lum qilmagan edi. 29-noyabr kuni “Kobul – Toshkent” yo‘nalishidagi reys ochilishida safar 4-dekabr kuni amalga oshirilishi xabar qilindi.
Ashraf G‘anining O‘zbekistonga tashrifi va bu yerda o‘tkazadigan uchrashuvlarida qanday masalalar ko‘rib chiqilishi hozircha noma’lum.
Izoh (0)