Turkiya harbiy-havo kuchlari Iroq shimolida o‘tkazilgan operatsiya chog‘ida Kurdiston ishchi partiyasining 80 dan ortiq jangarisini yo‘q qildi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar bermoqda.
“27-noyabr kuni Iroq shimolidagi Asos tumanida o‘tkazilgan havo operatsiyasi natijasida, dastlabki ma’lumotlarga qaraganda, ayirmachi tashkilotning 80 dan ortiq jangarisi, shu jumladan, komandirlari o‘ldirildi. Ko‘pgina terrorchilar yaralandi, halok bo‘lganlar soni oshishi mumkin”, — deyiladi Turkiya qurolli kuchlari bosh shtabi tarqatgan bayonotda.
Operatsiya davomida, shuningdek, jangarilarga tegishli boshpanalar va qurol-yarog‘ yo‘q qilindi.
Izoh (0)