• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12557.56
    • RUB159.44
    • EUR14809.13
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +26°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    O‘zbekistonlik ayol muvaffaqiyati tarixi: Daromadi 5 mlrd dollardan ortiq global kompaniya bosh ijrochi direktorligigacha bo‘lgan yo‘l

    Forbes Bureau Veritas global kompaniyasi birinchi ayol ijrochi direktori, asli o‘zbekistonlik Natalya Shuman haqida hikoya qiladi.

    Foto: Prnewswire

    Foto: Prnewswire

    Natalya Shuman ta’lim olish uchun ona yurti O‘zbekistonni tark etganda 16 yoshda edi. U dunyoga kelgan paytda Sovet Ittifoqining bir qismi bo‘lgan O‘zbekiston dunyoning qolgan mamlakatlari uchun yopiq edi. Biroq Natalya Xitoy va Hindiston ta’sirida turli xil immigrantlar jamiyati bo‘lgan poytaxt Toshkentda dunyoga keldi. Aholi turli qatlamlarining kishilarga bunday ta’siri Natalyada o‘ziga xos taassurot uyg‘otgan. U dunyoning ko‘proq qismini ko‘rish uchun O‘zbekistonni tark etishni istayotganligini anglab yetdi.

    Oxirgi intervyularidan birida Natalya Sobiq Ittifoqda kasb faoliyatida ilgarilashning faqat ikki yo‘li: muhandis yoki iqtisodchi bo‘lish ekanligini hikoya qiladi. Natalya Sankt-Peterburg universitetida xalqaro iqtisodiy aloqalar va moliyani o‘rganishga qaror qildi.

    Bir necha o‘n yil oldinga nazar tashlasak, Natalya Shimoliy Amerikadagi sinovlar, tekshirishlar o‘tkazish va sanoatni sertifikatlashtirish sohasida dunyoviy yetakchi, daromadi 5 milliard dollardan ortiq bo‘lgan Bureau Veritas’da birinchi ayol direktor. Forbes jurnalisti Bonni Markus uning g‘aroyib sayohati haqida ko‘proq narsa bilib olishga qaror qildi.

    Foto: Forbes

    Foto: Forbes

    Bonni Markus: O‘zbekistonda ayol kishi sifatida kasbga ega bo‘lishingiz qo‘llab-quvvatlanganmi?

    Natalya Shuman: Oilamiz o‘rtacha daromadga ega bo‘lgan oila edi. Otam uchuvchi, onam esa o‘qituvchi edi. Ular har doim karyeramni davom ettirishga undagan. Sovet Ittifoqida qiz bolalar uyda o‘tirish, oilasi va turmush o‘rtoqlariga g‘amxo‘rlik qilishga undalgan. Biroq bizning oilamizda karyeram bo‘lmasligi hech kimning xayoliga kelmagan.

    — Demak, sizni oilangiz da’vat qilgan?

    — Ha, shunday. Onam nimadadir ustunlikka erishishga e’tibor qaratishni ta’kidlar edi. U har doim menga: “Uyga vazifangizni bajarishga qancha vaqt ketishi muhim emas. Asosiysi — natija. Muhimi, ajoyib natijalar ko‘rsatishingiz kerak”, — der edi. Bu hayot yo‘limda yordam bergan deb o‘ylayman. Yoshligimda bajarishga kirishgan har bir ishda, shuningdek, rahbar sifatidagi karyeramda ishni a’lo darajada bajarishni istardim.

    Shuman o‘qishni a’loga tugatdi va bankirlikni tanladi, biroq bank sohasidagi bitta stajirovkadan so‘ng, buni o‘zi uchun zerikarli deb qaror qildi va rekruting sanoatiga o‘tib ketdi.

    Shuman: Ishni juda kichik startapdan boshladim. U Sankt-Peterburgdagi birinchi rekruting agentligi bo‘lib, uni ikki amerikalik yosh ayol boshqarar edi. Dastlab ularga ma’mur sifatida qo‘shildim. Ularga rossiyalik nomzodlarni jalb qilishga ko‘maklashdim. O‘shanda talaba bo‘lganligim uchun maosh meni qiziqtirmas edi. Biroq mazkur ikki ayol tufayli Amerika madaniyati haqida yaxshi taassurotga ega bo‘ldim. Prezident Putin o‘shanda Sankt-Peterburg meri edi va u bizning rekruting bo‘yicha litsenziyamizni imzoladi. Uch-to‘rt yildan so‘ng, juda omadli firmaga aylanganimizda rossiyalik mutaxassislarni qabul qilishda ko‘maklashish uchun ko‘plab juda yirik chet el kompaniyalarini jalb qildik. Biz juda mashhur bo‘lib ketdik va Kelly Services e’tiborini tortdik. 1997-yilda ular firmamizni xarid qildi.

    KellyServices kompaniyada qolish-qolmasligimni so‘radi, kompaniya qiymati men uchun shunchalik jozibali ediki, unda qolishga qaror qildim. Ular Moskvaga borishimni va u yerda ofis ochishga ko‘maklashishimni so‘rashdi. Keyin Londonga, undan keyin Nyu-Yorkka kelishimni so‘rashdi. Bu juda maroqli edi. O‘sha paytda yolg‘iz edim va bu qiyinchilik tug‘dirmasdi. Ishim ularda yaxshi taassurot uyg‘otdi va imkoniyatlar kelishda davom etdi. Ehtimol eng diqqatga sazovori 2001-yilda Qo‘shma Shtatlarga ko‘chishim bo‘ldi. Ular uchun Nyu-Yorkda startap ofis ochdim.

    Markus: Madaniyat borasidagi qiyinchiliklar katta bo‘lgan bo‘lsa kerak.

    Shuman: Mutlaqo haqsiz. Nyu-Yorkka ko‘chib o‘tganimda juda va juda qiynalganman. Qo‘shimcha ta’lim olishim kerakligini tushunib yetganman. Kelly Services Kolumbiya universitetidagi Executive MBA dasturiga qo‘shilishimga ruxsat bergan.

    Bu dasturga 20 oy qatnadim va bu dunyoqarashim, to‘g‘risini aytganda hayotimni ham butunlay o‘zgartirdi. U menga biznesning turli qismlari; biznesni qanday yuritish, yetakchilik nima ekanligi, nima uchun bu yerda ekanligimiz va bu hayotda nimaga erishishga urinayotganligimizni ko‘rsatdi.

    Kelly Services’ning muammolarini unchalik ko‘p o‘ylamasdan hal qilganligim karyeramning boshlang‘ich bosqichida menga yordam berganligini tushundim.

    Markus: Muvaffaqiyatlaringizga nima sabab bo‘ldi?

    Shuman: Maqsadlarim. Nega shu yerda ekanligim. Nega dunyoga kelganligim. Dunyoga ta’sir qilish uchun nima qila olaman. Bular haqiqatan katta yetaklovchilar hisoblanadi.

    Markus: Karyerani rivojlantirish va o‘sish uchun boshqa ayollarga eng yaxshi tavsiyangiz.

    Shuman: Men uchun bu “Ko‘nikib qolmang”. “Muvaffaqiyatga erishgansiz, biroq ertaga men uchun nima qila olasiz?”

    Har bir biznes o‘zingiz kutganingizdan ko‘proq narsaga erishishingizni istaydi. O‘zingizni tanqid qiluvchi linzaga ega bo‘lib, doim o‘zingizni baholab borishingiz kerak deb hisoblayman. Shu tongda budjet yig‘ilishimiz bo‘lib o‘tdi. Uch soat davom etdi, juda ko‘p savollar muhokama qilindi. Yig‘ilish so‘ngida boshlig‘im “O‘z rolingizni qabul qilganligingiz va shu lavozimda ekanligingizdan juda baxtiyorman. Oxirgi olti oydagi muvaffaqiyatingizdan juda mamnunman”, dedi. Albatta, bularni eshitish juda yoqimli edi. Bu mening jamoam, butun ofis, 20 kishi, telefon va video ko‘z o‘ngida edi. Biroq yig‘ilishdan qaytayotib, boshqa uchrashuvga bora turib, “Bundan yaxshiroq nima qila olaman? Nima yaxshi ketmayapti va yanagi safar qanday yaxshilay olaman?” deb o‘ylay boshladim.

    Markus: Ayol ekanligingiz sizni ortga tortib turganligini his qilganmisiz?

    Shuman: Bu meni ortga tortib turganligini hech qachon his qilmaganman. Chunki bu o‘zingizni qanday tutishingiz va qanday pozitsiyada ekanligingizga bog‘liq. Huquq? Har doim o‘zimni teng huquqli deb hisoblayman. Nima uchun biror narsa faqat erkaklar uchun yoki faqat ayollar uchun bo‘lishi kerak, bu adolatsizlik. Fikrimcha, hamma uchun adolatli imkoniyat bo‘lishi lozim. Men juda ishbilarmon va pragmatik odamman. Ayollar uchun kasbiy ilgarilashda hamon to‘siqlar borligini tushunaman. Biroq hech qachon ularga duch kelmaganligim sababli omadim chopgan deb o‘ylayman.

    29.11.2017, 09:31   Izoh (0)   47177
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    “Jihoz-Ventilyatsiya” korxonasi havo-isitish va elektr isitgish qurilmalarini ishlab chiqarmoqda

    29.11.2017, 09:00

    O‘zbekiston kasaba uyushmalari delegatsiyasi Qirg‘izistonda bo‘ldi

    28.11.2017, 23:44

    O‘zbekistonning yangi elchisi Germaniya prezidentiga ishonch yorliqlarini topshirdi

    28.11.2017, 22:54

    Toshkent shahrida “Hizb ut-Tahrir” a’zolari qo‘lga olindi

    28.11.2017, 22:07

    Hukumatdagi o‘zgarishlar, Ahmadboyning sudlangan shogirdi, o‘zbekistonlik suxandonni taqdirlagan Putin va kunning boshqa muhim xabarlari

    28.11.2017, 21:23

    Hukumatda tayinlovlar va o‘zgarishlar kuni. Asosiy ma’lumotlar

    28.11.2017, 21:08
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Qashqadaryo va Buxoroda amalga oshirilgan quyosh energiyasi loyihalariga 1 yil to‘lishi munosabati bilan rasmiy tadbir bo‘lib o‘tdi


    Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Fitch Ratings agentligining xalqaro kredit reytingini “BB, barqaror” darajasiga oshirdi


    Smart Business va UZCARD Farg‘ona tadbirkorlari uchun yangi imkoniyatlar eshigini ochmoqda 


    Kapitalbank investitsiyalari – O‘zbekiston yoshlari kelajagiga sarmoya


    HONOR ilhomlantiruvchi AI texnologiyalarga ega HONOR 400 seriyasini taqdim etdi


    Faqat tekshirilgan foydalanuvchilar: nima uchun to‘lov ilovalari  shaxsni tasdiqlashni so‘raydi


    Fitch Ratings “Biznesni rivojlantirish banki” ATB kredit reytingini oshirdi 


    Inflyatsiya va jamg‘armalar: Nega pul o‘z qiymatini yo‘qotadi?


    Toshkentda Sting brendi homiyligida "Formula-1" filmining premyerasi bo‘lib o‘tdi


    NRG Uzbekistan 60 gektar maydonda "shahar ichida shahar" keng ko‘lamli turar-joy loyihasini ishga tushirmoqda


    Fitch Kapitalbankning reytingini "Ijobiy" prognoz bilan tasdiqladi


    NRG Uzbekistan zamonaviy va keng majmua — Maftun Makon turar joy mavzesini qurish bo‘yicha ulkan loyihani amalga oshirmoqda


    “O‘zbekgidroenergo” AJning xalqaro kredit reytingi BB (barqaror) darajasiga ko‘tarildi


    “AloqaBank” yoshlar bilan ishlashga oid dasturlarni kengaytirmoqda


    Yoz osmonning o‘zidayoq boshlanadi: Silk Avia Toshkentdan Issiqko‘lga kunlik aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘ymoqda

     

    Tavsiya etamiz

    Isroil AQSHga hujum qilgan kun: o‘nlab amerikaliklarni o‘ldirish bu anglashilmovchilik edimi yoki fitna?

    2 iyul, 19:45

    NATO tarixi – dunyodagi eng qudratli harbiy tashkilotning obro‘si pasaymoqdami?

    26 iyun, 20:31
    Audio Icon

    Joy hammaga yetardi: Jeyms Kemeronga ko‘ra, “Titanik” yo‘lovchilarining omon qolish imkoniyati bo‘lgan

    25 iyun, 23:50

    “Trampning Titanigi to‘xtaydi” — Eron elchisi

    25 iyun, 13:39
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Rossiya Afg‘oniston Islom Amirligini rasman tan oldi

    Dunyo | 3 iyul, 23:51

    Bolalar bilan urush haqida qanday suhbatlashish lozim?

    Dunyo | 3 iyul, 23:35

    Qoraqalpog‘istonda fuqaroning yonidan 250 grammdan ortiq opiy topildi

    O‘zbekiston | 3 iyul, 23:20

    “Daryo” dayjesti: 3-iyulning eng muhim xabarlari

    O‘zbekiston | 3 iyul, 23:05

    Samarqand no‘xat sho‘ragi patentlandi

    O‘zbekiston | 3 iyul, 22:50

    Dermatologdan ogohlantirish: “Ushbu xato SPF kremning foydasini yo‘qqa chiqaradi”

    Go‘zallik | 3 iyul, 22:40

    AQSHda 6 mlrd dollarlik ta’lim dasturlarini moliyalashtirish to‘xtatib qo‘yildi

    Dunyo | 3 iyul, 22:30

    Superliga. “Sho‘rtan” o‘z maydonida “Qizilqum”ga mag‘lub bo‘ldi

    Sport | 3 iyul, 22:26
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.