Instagram bir nechta yangi funksiyalarni sinovdan o‘tkazishni boshladi; ular orasida yozuvlar reposti ham mavjud. Bu haqda, The Next Web’ga tayanib, Afisha Daily xabar berdi.

Foto: The Next Web

Nashrning ma’lumotlariga ko‘ra, ijtimoiy tarmoqning mobil dasturida “qidiruv” orqali topish mumkin bo‘lgan GIF-tasvirlarini ham qo‘shish imkoniyati paydo bo‘ladi. Shuningdek, Instagram shaxsiy storisni alohida arxivda saqlash imkoniyatini taqdim etishni rejalashtirmoqda.

Bundan tashqari, dasturda qaydlarni ulashishning yangi usuli paydo bo‘ladi: do‘stlar bilan yopiq chatda hamda WhatsApp messenjerida.