Samsung kompaniyasi 12 soniyada quvvat oluvchi grafenli (uglerod atomlarining bir qatlamidan tashkil topgan ikki o‘lchamli yarim o‘tkazuvchan nanomaterial) akkumulyatorni patentladi. Yangi batareyalar quvvat olishning yuqori tezligini, shuningdek, yuqori haroratlardan himoyani ta’minlaydi, deb yozadi “Korrespondent.net”.

Foto: “Krpress.ru”

Ta’kidlanishicha, grafen elektr tokini kremniydan ko‘ra 140 marta tezroq o‘tkazadi. Bu esa o‘z navbatida batareyaning quvvat olish tezligini besh marta oshiradi.

Shu bilan birga, batareyalarni tayyorlashda grafenli sharchalardan foydalanish ularning sig‘imini 45 foizga kengaytiradi.

Samsung Advanced Institute of Technology tomonidan ishlab chiqilgan yangi texnologiya elektr avtomobillarda ham qo‘llanilishi mumkin.