BMT qochqinlar ishlari bo‘yicha oliy komissarining Rossiyadagi vakolatxonasi rahbari Vladimir Syurko jahonda migratsiya ko‘lami kengayib borayotganini ma’lum qildi. Bu haqda “Kommersant.ru” xabar bermoqda.
“Bugun muhojirlarning umumiy miqdori 250 million kishi atrofida, ularning ko‘pchiligi o‘z ixtiyoriga ko‘ra, ish qidirib ko‘chadi. Migratsiya ko‘lami aqlga sig‘mas darajada katta, oldin bunday bo‘lmagan, bu raqamlar o‘sishda davom etmoqda”, — dedi u migratsiya masalalariga bag‘ishlangan seminardagi chiqishida.
Syurkoning so‘zlariga qaraganda, BMT nigohi ostida 66 million kishi bo‘lib, ularning 22,5 millioni qochqinlar va 33 millioni mamlakat ichida ko‘chgan shaxslardir.
Shuningdek, BMT vakili MDH davlatlaridan qochqinlar tomonidan tranzit maqsadida foydalanishini aytib o‘tdi.
“Suriya, Iroq, Liviya, Yaman fuqarolarining 91,5 foizi, Afg‘oniston fuqarolarining 83,8 foizi yo‘lida davom etadi”, — dedi Vladimir Syurko.
Izoh (0)