Futbol bo‘yicha Avstraliya milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Ange Postekoglu o‘z lavozimidan iste’foga chiqdi. Bu haqda murabbiyning o‘zi matbuot anjumanida ma’lum qildi, deb yozdi OFK rasmiy sayti.
Uzoq o‘ylab ko‘rdim va Avstraliya termasidagi faoliyatim yakunlandi, deb hisobladim. Bugungi anjuman uchun bu eng muhim xabarim edi.Mazkur murabbiy bilan Avstraliya milliy terma jamoasi ikki bor Jahon Chempionatiga yo‘l olishning uddasidan chiqdi. Yashil qit’a termasi 2014-yil Braziliya mundialida to‘p surgan bo‘lsa, JCh—2018 pley-offida Suriya va Gonduras termalarini mag‘lub etib, Rossiya chiptasiga ega chiqdi.Ange Postekoglu, futbol mutaxassisi
Avstraliya Suriyani teng o‘ynab, taslim qila olmadi. “Sokkeruz”ga o‘zbekistonlik hakam “yordam berdi”
Avstraliya terma jamoasi JCh—2018 ning 31-chiptasini yutib oldi. Bu safargi qahramon Mile Yedinak
Postekoglu Avstraliya termasini 2013-yilda qabul qilib olgan bo‘lib, orada jamoasiga Osiyo Kubogini ham olib berdi. 2015-yilgi qit’a chempionatiga aynan Avstraliya mezbonlik qilganida, ular bosh sovringa ega chiqqandi.Katta ehtimol bilan mamlakat futbol federatsiyasiga Avstraliya Rossiya—2018 chiptasini to‘g‘ridan-to‘g‘ri qo‘lga kirita olmay, pley-offga qolib ketgani yoqmagan. Chunki Postekogluning iste’foga chiqishi borasidagi xabar Gonduras bilan o‘yingacha chiqib ulgurgandi.
Izoh (0)