Futbolda shunaqasi ham bo‘lib turadi. Yaqindagina JCh—2018 chiptasini qo‘lga kiritgan Saudiya Arabistoni terma jamoasi gollandiyalik bosh murabbiy Bert van Marveykni iste’foga chiqargandi. Navbat Serbiyaga yetib keldi.

Foto: Google Images

O‘rgan, Babayan: Bert van Marveyk Saudiyani Jahon Chempionatiga olib chiqdi va iste’fo berdi

Serbiya Futbol Ittifoqi mamlakat milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Slavolyub Muslin bilan shartnoma bekor qilingani haqida aytdi. Buning aniq sabablari esa oshkor etilmadi.

JCh—2018 saralashining “D” guruhidan o‘rin olgan serblar 2016-yilning mart oyida tayinlangan Muslin bilan muvaffaqiyatga erishib, Irlandiya, Uels, Avstriya kabi kuchli termalar bor zonani peshqadam sifatida yakunlagandi. Bunda Serbiya faqatgina 1 marta Avstriyaga imkoniyatni boy berdi. 3 ta o‘yinda durang o‘ynab, 6 tasini o‘z foydasiga hal qildi.

Endilikda jamoani vaqtinchalik Mladen Krstaich boshqarib turadi.