O‘zbekiston axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri v.b. Sherzod Shermatov, oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri Inom Majidov va Toshkent shahridagi Inha universiteti rektori Sarvar Boboxo‘jayev tarkibidagi delegatsiya Koreya Respublikasidagi Inha universiteti prezidenti Sunya Choy xonim bilan muzokaralar o‘tkazdi. Bu haqda “Daryo”ga O‘zbekiston Prezidentining Janubiy Koreyaga davlat tashrifi bo‘yicha matbuot markazi ma’lum qildi.
Uchrashuv chog‘ida tomonlar Toshkent shahridagi Inha universiteti ta’lim dasturlarini kengaytirish masalasini ko‘rib chiqdi. Xususan, bakalavriat ta’lim yo‘nalishlarini yanada kengaytirish zarurati ta’kidlab o‘tildi.
Bundan tashqari, universitetda magistratura ta’lim yo‘nalishlarini ochish masalasi kun tartibidan o‘rin oldi.
Nihoyat, Toshkentdagi Inha universitetining ayni paytda Koreyada ta’lim olayotgan oxirgi kurs talabalari bilan uchrashuv o‘tkazildi.
Uchrashuv yakunlariga ko‘ra ikki universitet vakillari Toshkent shahridagi Inha universitetida magistratura dasturini ochish hamda universitetning uch nafar talabasiga Janubiy Koreyada ta’lim olish uchun grant taqdim etish yuzasidan bayonnoma imzoladi.
Izoh (0)