Natijada jabrlanuvchi X.K. og‘ir tan jarohati olib, shifoxonaga yotqizilgan. Mazkur holat yuzasidan M.A.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 104-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Ashyoviy dalil sifatida oshxona pichog‘i olingan. Tergov harakatlari Toshkent tuman IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan olib bormoqda.
Xabarga ko‘ra, 1971-yilda tug‘ilgan fuqaro T.M. 1999-yilda tug‘ilgan fuqaro M.A.ning qo‘l telefoniga qo‘ng‘iroq qilib, telefon raqamini X.K.dan olganligini aytadi. M.A. jahl ustida X.K.ning uyi oldiga chiqib, nima sababdan telefon raqamini tarqatib yurganligini so‘raganida, X.K. spirtli ichimlik ta’sirida har xil so‘zlar bilan uni haqorat qiladi. M.A. bu holatda qiziqqonlik qilib, X.K.ning qorniga oshxona pichog‘i tiqib oladi.
Izoh (0)