Faoliyatini Angliyaning “Manchester Yunayted” klubida davom ettirayotgan shvetsiyalik hujumchi Zlatan Ibrahimovich o‘z mamlakatida 10 yil deganda yil futbolchisi bo‘la olmadi.
Pogba va Ibrahimovich qaytdi: “Yunayted”da yirik g‘alaba. “Tottenhem”dan boshqa barcha yetakchiga omad keltirgan tur
Ketma-ket 10 yil davomida Shvetsiya futbol jamoatchiligi eng yaxshi deb aynan Ibrahimovichni ko‘rsatib kelayotgandi. Endi esa uning o‘rnini Andreas Grankvist egalladi. Rossiyaning “Krasnodar” klubida to‘p tepayotgan Grankvist ovoz berishda hammadan ko‘proq ochko to‘plashga muvaffaq bo‘ldi.O‘tgan mavsum so‘ngida Ibrahimovich jiddiy jarohat olib, safdan chiqqach, uning hatto qaysi klubda to‘p surishi ham so‘roq ostida bo‘lib kelayotgandi. Yakunda “Manchester Yunayted” shved hujumchisiga yana 1 yillik shartnoma taklif qildi va Zlatan tanaffusdan keyin ilk bor 18-noyabr kuni maydonga qaytdi. U APL 12-turidan joy olgan “Nyukasl”ga qarshi bellashuvning 77-daqiqasida ko‘rinish berdi.
Bu vaqt davomida esa Shvetsiya termasi kichik mo‘jiza ko‘rsatdi. JCh—2018 saralashini Ibrahimovichsiz o‘tkazgan jamoa guruh bosqichida Gollandiyani qoldirib ketdi. Pley-offda esa Italiya termasini mundialsiz qoldirib, Rossiya chiptasiga ega chiqdi. Aynan mana shu muvaffaqiyat Andreas Grankvistga qo‘l keldi.
Garchi Zlatan saralashda to‘p surmagan va Shvetsiya termasi bilan xayrlashgan bo‘lsa-da, kutilmagan muvaffaqiyatdan keyin uning Jahon Chempionatida o‘ynash uchun yana bosh jamoaga qaytishi tahmin qilinmoqda.
Izoh (0)