AQShning Los-Anjeles shahrida 19-noyabr kuni American Music Awards mukofotining taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi. Marosimning eng esda qolarli chiqishi qo‘shiqchi Pink tomonidan amalga oshirildi, deb yozmoqda Meduza.

https://twitter.com/WillyCosmic/status/932452579568771072

Xonanda “Beatiful Trauma” qo‘shig‘ini 34 qavatli Microsoft Centre osmono‘par binosining devorida akrobatik chiqish qilgan holda ijro etdi. Pink va raqqoslar binoga mahkamlangan arqonlarda aylanib, davriy ravishda bino devorlaridan uzoqlashdi,

Avvalroq Pink shouga tayyorgarlik jarayoni aks etgan videoni e’lon qilgan. Qo‘shiqchi videoda balandlikdan qo‘rqmasligini, biroq chiqish ko‘ngildagidek amalga oshmay qolishidan qayg‘urayotganini aytib o‘tgan.