20-noyabr kuni O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligida Qirg‘iziston elchisi Daniyar Sidiqov bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Bu haqda TIV matbuot xizmati xabar berdi.
Suhbat davomida oliy darajadagi O‘zbekiston – Qirg‘iziston uchrashuvlari chog‘ida erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish istiqbollari amaliy jihatdan muhokama qilindi.
Uchrashuvda ikki tomon kun tartibidagi boshqa masalalar ham ko‘rib chiqildi.
Izoh (0)