O‘zbekistonda maxsus do‘konlarda amalga oshirilgan xaridlar uchun chet elliklarga QQS qiymati qaytarilishi tizimi joriy etiladi. Bu haqda “Kommersant.uz” xabar bermoqda.
Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi delegatsiyasi Ispaniyada Innova Taxfree kompaniyasi vakillari bilan muzokaralar o‘tkazib, O‘zbekiston xalqaro shopping-turizm tarmog‘iga kiritilishi masalasini ko‘rib chiqdi. Bu mamlakatga xalqaro brendlarni jalb etishga ko‘mak beradi.
Aytilishicha, tomonlar Tax Free tizimini joriy etishda O‘zbekiston uchun shopping-turizm strategiyasini ishlab chiqadi.
Fevral oyida Ispaniya kompaniyasi vakillari O‘zbekistonga tashrif buyurib, mamlakat bozorida dastlabki tahliliy ishlarni amalga oshiradi.
Izoh (0)