“Sektor 7” romani muallifi amerikalik illyustrator Devid Visner birorta ham so‘z qatnashmagan — faqat suratlardan iborat bolalar kitoblarini yaratadi, deb yozadi Meduza.
Visner buni “so‘zsiz hikoya qilish” deb ataydi. “Sektor 7” Empayr-steyt-bildingga maktab ekskursiyasiga yo‘l olgan bola haqida hikoya qiladi. Bosh qahramon kuzatuv maydonchasida do‘stona bulut bilan tanishib qoladi. U bolani Bulutli taqsimot markaziga olib boradi — u yerda bulutlar yaratilib, turli mamlakatlarga yuboriladi. Meduza romandan parchani taqdim etadi.
Izoh (0)