AQShning sobiq prezidenti Bill Klinton va sobiq davlat kotibi, 2016-yilgi prezidentlik saylovlari nomzodi Hillari Klinton Irvingdagi Toyota Music Factory festivalidagi muzokarada qatnashdi, deb yozadi “Kommersant.ru”.
Bir necha daqiqa o‘tgan yilgi saylov voqealari, jumladan, Rossiyaning bu jarayonga aralashganligi taxminini muhokama qilishga bag‘ishlandi.
Klinton sahnada chiqish qila turib “Vladimir Putin — demokratiyamizning ichki tahdidi va milliy xavfsizlikka tahdid” ekanligini ma’lum qildi.
“Ular (ruslar) Amerikada adovat urug‘ini sochdi, biz esa o‘zimizni himoya qilishda juda sustlik qildik”, — deb ta’kidladi u.
Avvalroq AQSh bosh prokurori Jeff Seshns AQSh Kongressi Vakillik palatasida Donald Trampning saylovoldi kompaniyasida ishlagan vaqtdagi Rossiya bilan aloqalari haqida yangi ko‘rsatmalar berdi.
Izoh (0)