AQSh prezidenti Jon Kennedini otib tashlagan Li Xarvi Osvaldning qotili — Jek Rubi prezidentga qarshi suiqasd haqida oldindan bilgan bo‘lishi mumkin. Buni AQSh milliy arxivi oshkor etgan hujjatlar ko‘rsatmoqda, deb xabar beradi “TASS”.
Virginiya universiteti siyosatshunosi Larri Sabato Federal qidiruv byurosi axborot beruvchisi Bob Vanderslaysning ko‘rsatmalariga e’tibor qaratdi. U tergovga Kennedining o‘ldirilishidan bir necha soat oldin Jek Rubi u bilan bog‘lanib, prezident paradiga borish va “mushakbozlik”ni tomosha qilishni taklif qilganini aytgan.
“Otishma paytida u Jek Rubi bilan birga bo‘lgan... O‘q uzilganidan so‘ng Rubi Dallas Morning News binosi tomonga yo‘l olgan”, — deyiladi hujjatlarda.
Vanderslaysning so‘zlariga qaraganda, prezidentga uyushtirilgan suiqasdga qadar axborot beruvchi Rubi bilan deyarli tanish bo‘lmagan.
Bu axborot FQBga Kennedi o‘ldirilganidan 14 yil o‘tib — 1977-yil aprelida berilgan edi.
Izoh (0)