Polsha tashqi ishlar vaziri Vitold Vashchikovskiy “Polsha radioasi”ga bergan intervyusida Varshava Yevropa Ittifoqining boshqa mamlakatlarini Rossiya gazidan voz kechishga chaqirayotganini ma’lum qildi. Bu haqda “Kommersant.ru” xabar bermoqda.
Shuningdek, u respublika Rossiya gazi yetkazib berilishi bo‘yicha shartnomani uzaytirmasligini ma’lum qildi. Shartnoma 2022-yilda tugaydi.
“Biz boshqa davlatlarni, masalan, Xorvatiyani Adriatikada gaz terminali qurishga, bu bilan Yevropaning o‘sha qismini va dunyoning boshqa davlatlarini gaz bilan ta’minlashiga chaqirmoqdamiz. Bizda, shuningdek, Qo‘shma Shtatlar bilan texnik hamkorlik dasturi bor”, — dedi Vitold Vashchikovskiy.
Izoh (0)