“O‘zbekiston pochtasi” AJ plastik kartalar orqali xalqaro pul o‘tkazmalarini amalga oshirish imkoniyatini ochdi. Bu haqda kompaniya saytida ma’lum qilindi.
“Mijozlarning xalqaro pul o‘tkazmalarini bank plastik kartalaridan yuborish masalasidagi ko‘plab murojaatlari bo‘yicha shuni ma’lum qilamizki, Rossiya Federatsiyasi, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Ukraina, Belarus, Moldova, Ozarbayjon va Armaniston davlatlariga xalqaro pul o‘tkazmalarini naqd pulda hamda bank plastik kartalaridan amalga oshirish mumkin”, — deyiladi xabarnomada.
Izoh (0)