Fotogalereya: Dunyoning turli burchaklaridagi 1 million dollarlik uylar
AdMe 1 million dollar evaziga dunyoning turli burchaklaridan qanday uy sotib olish mumkinligi tasvirlangan suratlarni to‘plab taqdim etdi.
Nyu-York, AQSh — 1 090 000 dollar
Foto: AdMeBir million dollar evaziga bu kabi yorqin apartamentlar bilan jihozlangan, oshxona, yuvinish xonasi va bitta yotoxonaga ega uyni sotib olish mumkin. Apartamentlar mehmonxona binosida joylashganligi uchun uning ma’muriyati bu yerda yashash tartibini belgilab beradi. Masalan, binoda uy hayvonlari bilan yashash mumkin emas.
Detroyt, AQSh — 1 000 000 dollar
Foto: AdMeUshbu koshonaning yoshi 130 dan ortiq. Bu yerda 6 kishiga mo‘ljallangan yotoxona mavjud va bino gaz yordamida isitiladigan tizimga ega. Uy kapital ta’mirlashga muhtoj.
Parij, Fransiya — 999 000 dollar
Foto: AdMeSalkam bir million dollar evaziga Parijdan uch xonali uy sotib olish mumkin. Bu yerda oshxona, yotoxona, mehmonxona joylashgan. Uy egalari bir necha kvartira uchun mo‘ljallangan umumiy yer maydonidan foydalanishlari mumkin.
Sevr, Fransiya — 996 600 dollar
Foto: AdMeFransiyadagi ushbu kichkina shaharchadan yuqoridagi mablag‘ evaziga basseyn va katta tomorqaga ega uy sotib olish mumkin.
Milan, Italiya — 921 441 dollar
Foto: AdMe1 million dollarga egalik qiluvchi shaxs Milandagi yaxshi dahalardan biridan uch xonali uy sotib olishi mumkin.
Barselona, Ispaniya — 1 000 000 dollar
Foto: AdMeShuningdek, 1 million dollarga Kataloniyadan kantri-usulida qurilgan uyni ham sotib olsa bo‘ladi.
Valensiya, Ispaniya — 882 200 dollar
Foto: AdMeUshbu uyda 7 ta xona, garaj va xo‘jalik uchun mo‘ljallangan ko‘plab xonalar mavjud.
Monreal, Kanada — 998 000 dollar
Foto: AdMeMonrealda ushbu pul evaziga 4 ta yotoqxonasi hamda basseyni mavjud uyga egalik qilsa bo‘ladi.
Tokio, Yaponiya — 1 068 165 dollar
Foto: AdMeBir million dollardan ortiqroq mablag‘ga metrodan 5—10 daqiqalik uzoqlikda joylashgan koshonani sotib olsa bo‘ladi.
Moskva, Rossiya — 906 318 dollar
Foto: AdMe
Salkam bir million dollarga Moskva markazidan uch xonaga ega hashamatli kvartirani sotib olish mumkin.
Izoh (0)