14-noyabr kuni soat 04:00 larda Toshkent viloyatining Shayxontohur tumani hududida 1999-yili tug‘ilgan ikki o‘smir Malayziya elchixonasi xodimining velosipedini o‘g‘irlab ketdi. Bu haqda UzNews xabar bermoqda.
Tuman IIB bayonotiga ko‘ra, Tokshkent temir yo‘l transport kasb-hunar kolleji o‘quvchilari 700 ming so‘m turadigan velosipedni olib qochib ketgan. O‘g‘rilikda ular metall kesuvchi predmetdan foydalangan.
Holat yuzasidan JKning 169-2-moddasi “b” bandi bo‘yicha (o‘g‘rilik) ish qo‘zg‘atildi.
Izoh (0)