KXDR xalqi AQSh prezidenti Donald Trampni mamlakat rahbariyatini haqorat qilgani uchun qatl jazosiga “hukm etdi”. Bu haqda Shimoliy Koreyaning “Nodon sinmun” gazetasi yozib chiqdi, deb xabar beradi “RIA Novosti”.
“Bilish kerakki, Tramp, qumursqaga o‘xshagan chol, puldan boshqa hech narsani bilmaydigan xasis, osmondagi Quyoshga teginib, unga barmog‘i bilan ishora qildi, bu bilan u xalqdan qatl hukmini olgan eng katta jinoyatchiga aylandi”, — deyiladi maqolada.
Maqola muallifi AQSh yetakchisini “o‘lolmay, tanasidagi og‘riqqa chidab yurgan bezori” deb ataydi. Uning yozishicha, bunday odam Shimoliy Koreya rahbariyatini “haqorat qilishga jur’at etgani” xalqni g‘azablanishga majbur etadi.
Izoh (0)