Dunyoning 184 mamlakati vakili bo‘lgan 15 mingdan ortiq olimlar halokatli ekologik o‘zgarishlarga keng jamoatchilik e’tiborini tortishga qaratilgan “Insoniyatga ogohlantirish” nomli ikkinchi manifestni imzoladi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar bermoqda.
Birinchi murojaat 1992-yil oxirida imzolangan edi. O‘shanda hujjatni 1,7 mingdan ortiq olim imzolagan bo‘lib, ular orasida Nobel mukofoti sovrindorlari ham bor edi.
“Jahon olimlaridan insoniyatga ogohlantirish”da ular sayyora ahli tabiat bilan ixtilofga borishda davom etayotgani ta’kidlangan. Tadqiqotchilar ozon qatlamining zaiflashishi, okeanlar florasi va faunasining yo‘q bo‘lishi, o‘rmonlarning yo‘q qilinishi, iqlim o‘zgarishi kabi hodisalar sayyoraga keltirayotgan va keltirishi mumkin bo‘lgan zarardan jiddiy xavotirdaligini bildirgan.
Birinchi manifestning 25 yilligi munosabati bilan ikkinchi, takroriy ogohlantirishni chiqarishga qaror qilindi. Bu safar uni 15,3 mingdan ortiq olim imzoladi.
Izoh (0)