Kiyevdagi Oliy Rada binosi oldida joylashgan namoyishchilarning chodirli lageri “mashg‘ulot lageri”ga aylanishi lozim. Bu haqda muxolif siyosatchi Mixail Saakashvili bayonot berdi, deb xabar qiladi “RBK”.
“Lager formati o‘zgarishi lozim. Bu mashg‘ulot lageri bo‘lishi lozim. Bu yerga ertadan yana odamlar kelib, kurashning demokratik metodlarini o‘rganib boradi. Yangi odamlar ularning o‘rniga davlatni boshqarishga tayyor bo‘ladi”, — dedi siyosatchi tarafdorlari oldida so‘zlagan nutqida.
“Agar xohlasak, Ukrainaning barcha maydonlarini to‘ldirib yuboramiz”, — qo‘shimcha qildi u.
Izoh (0)